Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SIDQIDILDAN VA HALOL QILINGAN MEHNATI TUFAYLI E'ZOZ TOPAYOTGAN MUALLIM

×

 2023-05-12 11:03:17    64

PDF yuklash
Chop etish


Sidqidildan va halol qilingan mehnati tufayli e'zoz topayotgan muallim

Oramizda shunday mehnatkash va fidoiy insonlar borki, ular butun umrini halol mehnatga bag’ishlab, sidqidildan qilgan zahmati tufayli xalq bu insonlarni har doim e'zozlaydi va ardoqlaydi. Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi mehnat faxriysi, butun umrini barkamol avlod ta'limi va tarbiyasiga bag’ishlagan Savror Ernazarov mana shunday insonlardan.

“Ustoz suhbati dil ozig’­i” deganlaridek, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddi rahbarlar Savror-muallim xonadonida bo’ldilar va ustoz bilan samimiy suhbatladilar. Suhbat davomida Savror Enazarov Respublikamizda o’qituvchi mehnatiga berilayotgan munosib e'tibordan mamnun ekanliklarini alohida ta'kidlab, sohadagi islohotlar samarasidan minnatdorliklarini samimiy so’zlar bilan ifoda etdilar.

Halol va sidqidildan qilgan mehnat tufayli tojik tili va adabiyoti o’qituvchisi, baynalmilal jangchi Savror Enazarov “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta'limi xodimi” unvonini olishga muvaffaq bo’lgan. Fanlar olimpiadalari g’oliblari va aksariyati maktabni oltin medallar bilan tugatgan farzandlari va shogirdlari bugun turli jabhalarda xalqimiz xizmatiga kamarbasta.

Savror Enazarovga tuman hokimi O’zbekiston Respublikasi mudofaa vaiziring buyrug’iga asosan berilgan “Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun” ko’krak nishonini tantanali tarzda taqdim etdi. Ustozni tabriklashga kelgan shogirdlar va mahalla faollari ham ustozning duosini olishga muvaffaq bo’ldilar va berilgan e'tiborga nisbatan faxriy muallim samimiy minnatdorchilik izhor etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram