SOHIBKORDAGI “MARMARTOSH” KO’CHASINI TA'MIRLASH UCHUN 2 MILLIARD SO’MDAN ORTIQ MABLAG’ YO’NALTIRILGAN
2023-05-12 11:00:17 132
Sohibkordagi “Marmartosh” ko’chasini ta'mirlash uchun 2 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirilgan
Aytish lozimki, tumanimizda Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida hududlar infratuzilmasini anada rivojlantirish maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Birinchi sektor hududida joylashgan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida asfaltlashtirilmagan yoki beton qoplamasi yotqizilmagan ko’chalar qolmadi.
Buning uchun, berilgan e'tibor uchun mahalla ahli mamnun va minnatdor. Ayni kunda mahallaning “Marmartosh” ko’chasida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ko’chaga yo’lsozlar tomonidan beton qoplamasi yotqizilmoqda. – Mazkur ko’chamiz sel yo’li hududida joylashgani bois, bu ko’chaga beton qoplamasi yotqizilmoqda, - deydi mahalla raisi Habibjon Olimov.
Mazkur ta'mirlash ishlari Prezidentimizning 30 dekabr 2022 yildagi “2023 — 2025 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 465-sonli qarori asosida amalga oshirilayotir. Ma'lumot uchun: mazkur ko’chani ta'mirlash ishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi 1009-son qarori asosida Dasturga kirtilgan va ta'mirlash ishlariga 2 milliard 090 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram