Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKA ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI ASHULA VA RAQS ANSAMBLI SO’X TUMANIDA

×

 2023-05-11 18:38:57    59

PDF yuklash
Chop etish


Respublika ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli So’x tumanida

Bugun tumanimizning markaziy maydonida ichki ishlar xodimlari va ularning oila a'zolari uchun ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli san'atkorlari tomonidan konsert dasturi tashkil etildi. An'anaga aylanib qolgan ushbu kontsert dasturiga tumanimizning barcha hududlaridan tomoshabinlar kelishdi.

Taniqli so’z ustalari, mashhur xonandalarning yurtimizdagi eng chekka hududlarga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashuvlar tashkil etayotganlari shuni anglatadiki, O’zbekistonning har bir go’shasi, cheeka va olis hududlari ham amalga oshirilayotgan islohotlar, ezgu va xayrli tashabbuslardan bebahra emas. Eng muhimi, manaviy-marifiy tadbirlarning tashkil etilishi, yoshlarning ma'naviyatini oshirish, ularning qalbida vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqat tuyg’ularini yanada shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O’yin-kulgu va chiroyli raqslar bilan davom etgan konsert dasturi tuman ahlida juda katta taassurot qoldirdi va ayniqsa, yoshlarning quvonchi cheksiz edi. Poytaxtdan kelgan san'takorlarni esa, So’x tumanining maftunkor va betakror tabiati, baland tog’lar qoyalari bag’ridan hamda yer qa'ridan katta shiddat bilan otilib chiqayotgan zulol suvlar mahliyo etgani ayni haqiqat.

                           So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram