YANGI KONSTITUTSIYA. 10 TA ASOSIY O’ZGARISH
2023-05-11 18:25:04 227
Yangi Konstitutsiya. 10 ta asosiy o’zgarish
3-o’zgarish. Imtiyozlar qonunda yozib qo’yilishi shart emas
Yangi Konstitutsiyaning 19-moddasi (avvalgi 18-modda) – fuqarolarning jinsi, millati, mavqeyi va hokazolardan qat'i nazar qonun oldida tengligi haqida. Bu moddaning 2-qismi quyidagicha o’zgarmoqda:
Eski: Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo’lishi shart.
Yangi: Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo’lishi shart.
Bu bilan Konstitutsiyaning amalda ishlamay kelgan normalaridan biri real voqelikka moslashtirilmoqda. Amaliyot shundayki, turli jabhalardagi imtiyoz va preferentsiyalar nafaqat qonunlar asosida, balki ko’p holatlarda qonunosti hujjatlar – qaror va farmonlar asosida berib kelinyapti.
O’. Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram