TUMAN AHOLISINI TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA'MINLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2023-05-11 18:19:53 131
Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash ishlari davom etmoqda
Tumanimizda aholini ichimlik suvi bian ta'minlash maqsadida Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida bosh pudratchi “Yangi avlod qurilish invest” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotir. “O’zsuvta'minot” MChJ So’x tumani filiali matasaddilarining bizga bergan ma'lumotiga asosan butungi kunda mazkur tashkilot tomonidan qo’yidagi ishlar amalga oshirildi:
- Hushyor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 3 dona ichimlik suvi kuduqlariga 1 dona TP-63 kVAtli transformator punkti qo’yib, tarmoqga ulandi;
- Mazkur mahallaning “Adiri bolo” ko’chasiga nazorat qudug’i o’rnatilib, tarmoqlar mantaj qilindi hamda xonadonlarga 18 dona zamonaviy suv hisoblagichlar o’rnatildi;
- Qaqir mahalla fuqarolar yig’ini hududida 2 dona yangi nazorat qudug’i o’rnatilib, tarmoqlar montaj qilindi;
- G’aznov mahalla fuqarolar yig’ini hududida suv minorasini o’rnatish uchun kotlovan qazilib beton qo’yish ishlari olib borilmoqda;
- So’x tumaniga Farg’ona shahridan 7 dona nazorat qudug’i (kolodets) olib kelindi;
- Zararsizlantirish binolari uchun metall konstruktsiyasi tayorlanmoqda;
- Rovon mahalla fuqarolar yig’inidagi “Adolat” ko’chasiga 108 metr yangi ichimlik suvi tarmog’i tortildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram