HUDUDLARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O’RGANILMOQDA
2023-05-11 18:17:04 128
Hududlarda xotin-qizlar faollari faoliyati o’rganilmoqda
Ayni kunda tumanimiz mahallalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 mart 2022 yildagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 81-sonli farmoni asosida xotin-qizlar faollari faoliyatini o’rganish maqsadida amaliy ishlar olib borilib, ushbu masalada seminarlar ham tashkil etilayotir. Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan tadbir ham ayni ushbu masalaga bag’ishlandi.
Seminarda ishtirok ettgan tuman xokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari buyicha katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonovalar tomonidan 3-sektor xotin-qizlar faollari, xududdagi "Oqila ayollar xarakati a'zolari", mahalladagi kayvoniy onaxonlarga Farmonda belgilangan yo’nalishlar bo’yicha keng tushunchalar berilib, xotin-qizlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida kerakli va aniq taklif-tavsiyalar berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Farmonga binoan xotin-qizlar faollarining amaliy ishlari 7 ta yo’nalish bo’yicha o’rganilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram