Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYADA BARPO ETILGAN YANGI BOG’ QATOR ORALARIGA QOVUN VA TORVUZ KO’CHATLARI HAM O’TQAZILADI – BU ZIROATLARGA MAZKUR HUDUD JUDA MOS EKAN

×

 2023-05-11 18:14:03    60

PDF yuklash
Chop etish


Javpayada barpo etilgan yangi bog’ qator oralariga qovun va torvuz ko’chatlari ham o’tqaziladi – bu ziroatlarga mazkur hudud juda mos ekan

Qal'acha massivining Javpaya kengliklaridagi qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirish maqsadida boshlangan xayrli ishlar bugun uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Bunga bog’ qator oralariga ishlov berish ishlari misol bo’la oladi.

Devayron mahalla fuqarolar yig’ini raisi Rahmonali Boboyev tashabbusi bilan mazkur mavzega haydov traktorlari safarbar etilib, ular orqali bog’ qator oralari shudgorlandi va ekin ekishga tayyorlandi. Shuningdek, yangi barpo etilgan o’rikzorni sug’orish maqsadida barpo etilgan membrana hovuzi hududida ham ishlar qizg’in.

Tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovningg so’zlariga ko’ra, ayni kunda mutaxassislar tomonidan tomchilatib sug’orish tizimining asosiy qismi – filtr va nasos o’rnatish uchun hozirlik ko’rilmoqda. Buning uchun zaruriy qurilish mahsulotlari yetkazib berimoqda.

Javpayaning pastki qismidagi yer maydonlari, issiqxonalar va yangi tashkil etilgan bog’larda ham tuman hokimi tashabbusi bilan amaliy ishlar tashkil etilgan. Mahalla fuqarolar yig’inlari ko’magida bugun torvuz ekish ishlari olib borildi. Shuningdek, torvuz ko’chatlari yangi o’rikzor oralariga ham ekiladi.

Barpo etilgan issiqxonalarga ham ishlov berilmoqda va yangi hosil uchun hozirlik ko’rilayotir. Issqixonalar va bog’ni sug’orish maqsadida “Ozod” shirkat xo’jaligi ko’magida fuqarolarga maxsus texnikalar orqali suv yetkazib berilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram