"XALQ BANKI" 148 YOSHDA!
2023-05-10 17:55:10 179
"XALQ BANKI" 148 YoShDA!
Barcha sohalarda bo’lgani kabi O’zbekistonda bank sohasida ham oxirgi yillarda islohotlar amalga oshirilib, tizimdagi yangilanishlar va islohotlar samarasi o’laroq ko’pgina muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Eng avvalo, sohada aholiga xizmat ko’rsatish darajasi oshdi. “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun xizmat qilishi kerak” degan hayotiy tamoyil amalda o’z isbotini topmoqda. Tadbirkorlik rivojida ham bankning ahamyati beqiyos.
Xalq Banki. Ushbu bank samarali faoliyati va fuqarolarga ko’pgina xizmat turlarini taklif etayotgani bilan ham chinakamiga o’z nomiga munosib bo’lishga loyiqligini isbotlamoqda.
Bu yili yurtimizning eng qadimiy banklaridan biri hisoblangan “Xalq banki” o’zining 148 yilligini keng nishonladi. 10 may 1875 yilda Toshkent shahrida birlamchi jamg’arma kassalar sifatida o’z faoliyatini boshlagan ushbu Banki bugun Respublikamizda o’zining munosib mavqeiga ega banklardan hisoblanadi.
Bugun bank o’zining 196 ta filiallari, 106 ta bank xizmatlari markazlari va 2 ming 260 ga yaqin kassalar tarmog’iga ega bo’lgan eng keng tarmoqli moliya muassasasi hisoblanadi.
So’x tumani AT “Xalq Banki” boshqaruvchisi No’monjon Sadirbekovning ma'lumotiga ko’ra, bevosita hukumatimiz tomonidan tuman soha xodimlariga berilgan katta e'tibor tufayli fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida ayni kunda tuman hududlarida 24/7 tizimida ishlayotgan doimiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi va “Uz card”, “Huvo card” bankomatlari domimiy faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram