SO’X TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI TOOMNIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR XUSUSIDA
2023-05-10 17:52:09 134
So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi toomnidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, jonajon O’zbekiston milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo’ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, xususan soliq tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga murojatnomasida ham soliq tizimida amalga oshirishi lozim bo’lgan muhim o’zgarishlarini belgilab berdi.
Xususan, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o’zida qo’llashi kutilayotgan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab turli soliq stavkalari qo’llanilishi ko’zda tutilmoqda. Misol uchun sharoiti eng og’ir bolgan respublikadagi 20-ta tumanlarning aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig’i, ijtimoiy soliq stavkalari 1 foizga pasaytirildi.
Jismoniy shaxslarning qat'iy solig’i bekor qilinishi ko’zda tutilgan. Qushilgan qiymat solig’i 2022 yilda 15 foizdan 2023-yil 1-yanvardan 12 foizga pasaytirildi.
2023-yil yanvar oyidan boshlab So’x tumanida 58-ta yangi korxonalar tashkil kilib 134-ta ish urni yaratildi.
Shu bilan birga Prezidentimiz Murojaatnomada davlat idoralari tadbirkorlarga servis xizmati ko’rsatishi lozimligi va yangi yilda mazkur jarayon bo’yicha baholash tizimi joriy etilishini aytib o’tdilar.
Albatta, soliq xizmati organlari ham “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatishni davom ettirmoqda. Shu maqsadda So’x tuman soliq inspektsiyasi xodimlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar olib borib hamda ularga soliq sohasidagi o’zgarishlar bo’yicha turli uchrashuvlarda tkshuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan 2023-yil may oyi davomida 265-ta tadbirkorlarni kinayotgan muamolari o’rganildi.
Biz soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek tadbirkorlarga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.
Faridjon To’raboyev – So’x tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram