Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “MENING YO’LIM” LOYIHASI G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2023-05-08 17:37:06    62

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida “Mening yo’lim” loyihasi g’oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, ichki yo’llarni ta'mirlash bo’yicha “Mening yo’lim” loyihasiga aprel oyida start berilgan edi. “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening yo’lim” loyihasining 2023 yilgi mavsumiga ovoz berish muddati 10 kun etib belgilanib, ovoz berish joriy yilning 27 aprelidan 7 mayigacha davom etdi.

Mazkur loyihaga bizning tumanimizdan 24 ta mahalladan taklif tushgan. Shundan ikkita loyiha ko’p ovoz berish yo’li bilan g’olib deb topildi.

Bular – Oftobru mahalla fuqarolar yig’inidagi “Dasht 1” ko’chasini asfaltlashtirish loyihasi. Mazkur loyiha 4 025 ta ovoz bilan g’olib deb topildi. Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Jarayon” ko’chasini ta'mirlash loyihasi jami bo’lib 3 278 ta ovoz to’plagan.

Oftobru mahallasidagi loyihaga 678 600 000 so’m mablag’ yo’naltiriladi. Lenbur mahallasidagi loyihaga esa, 1 milliard 500 million so’m mablag’ yo’naltiriladi.

Lenburda 7 160 kvadrat metr va Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida 3 706 kvadrat metr masofadagi yo’llar ta'mirlanadi. Har ikki mahalla aholisini ushbu tashabbuslar va g’oliblik bilan tabriklaymiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram