Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI AMALIY SEMINARLAR ORQALI O’RGANILMOQDA

×

 2023-05-06 17:49:31    165

PDF yuklash
Chop etish


Xotin-qizlar faollari faoliyati amaliy seminarlar orqali o’rganilmoqda

So’x tumanida yuqori ko’rsatkichlarga erishgan xotin-qizlar faollarining faoliyatini o’rganish va ushbu faoliyat tizimini ibrat sifatida yo’lga qo’yish maqsadida tuman mahallalarida namunali seminarlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi amaliy seminar xotin-qizlar faollari ishtirokida tumanning Istiqlol va Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilib o’tkazildi.

Seminarda mahalladagi xotin-qizlar faolining 7 ta yo’nalish bo’yicha amalga oshirgan ishlari o’rganildi. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o’qitish, ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan ishlash, migratsiyadagi xotin-qizlarning oilasi bilan ishlash, xonadon gigiyenasi, sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yish yuzasidan mazkur tadbirda fikr almashildi.

Bugungi kunda oilaviy ajrimlarni oldini olish borasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida, o’z joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini oldini olish, hududda ma'naviy muhitni barqarorlashtirish borasida amalga oshirishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan o’zaro fikr almashildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi Sh.Abdullayev tadbir ishtirokchilariga qonunchilikdagi yangiliklar, jinoyatchilikni oldini olish va oilaviy ajrimlar yuzasidan ma'lumotlar yetkazdi. Seminar ko’tarinki ruhda tashkil etildi va o’tkazildi.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram