OGOHLANTIRISH!
2023-05-06 17:40:28 130
OGOHLANTIRISh!
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 4 may kunidagi 2/5/33-649-sonli talabnomasi hamda O’zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati Markazining 2023 yil 4 may kunidagi 380-07/23-sonli ma'lumotiga kura, 2023 yil 5-6 may kunlari Uzbekiston buyicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s (79-90 km/soat)gacha kuchayishi, chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
5-7 may kunlari Respublika buyicha yomg’ir yog’adi, tog’ va tog’oldi xududlarda ba'zi joylarda kuchli bo’ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do’l yog’ishi mumkin.
5-7 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg’irlar yog’ishi sababli, respublikaning tog’oldi va tog’li xududlarida, jumladan:
Farg’ona viloyatining So’x, Shohimardon, Farg’ona va Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin xodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Hurmatli hamyurtalr! Sizlarni ushbu kunlarda o’ta ogoh va hushyor bo’lishga chaqiramiz! Ayniqsa, yosh bolalarni qarovsiz va nazoratsiz qoldirmang!
So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram