Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ENDILIKDA HUKUMAT QARORI ASOSIDA «OBOD QISHLOQ» VA «OBOD MAHALLA» DASTURLARI JAMOATCHILIK FIKRI ASOSIDA TASHABBUSLI BYUDJETLASHTIRISH JARAYONLARI ORQALI AMALGA OSHIRILADI

×

 2023-05-05 15:53:14    133

PDF yuklash
Chop etish


Endilikda hukumat qarori asosida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshiriladi

Aytish lozimki, respublikamizda hududlar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida keng ko’lamli obodonlashtirish, qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. O’tgan yili mazkur dasturga kiritilgan Qal'acha va Chashma mahalla fuqarolar yig’inida ham qurilish-ta'miralsh ishlari olib borildi.

Endilikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3 may 2023 yildagi 183-sonli «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga binoan mazkur dasturlar fuqarolarning ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi. Ya'ni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023 yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochik byudjet” axborot portali orkali ovoz berish yuli bilan aniqlanishi qarorda ko’rsatib o’tilgan.

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan tadbirda ayni ushbu qaror mazmun-mohiyati ishtirkochilarga tushuntirildi. Tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev va tuman moliya bo’lim mudiri Zayliddin Iskandarovlar mahalla raislari, moliya bo’limi vakillariga mazkur qaror mazmun va mohiyatini keng tushuntirdilar.

Qayd etildiki, dasturlar doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni – har yili noyabr-dekabr oylarida o’tkaziladi. 2023 yilga mo’ljallangan dasturlarni tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali shakllantirish, loyihalar to’plami uchun ajratiladigan mablag’larning cheklangan miqdori 8 milliard so’m etib belgilanganligi, dasturlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat byudjetidan kamida 4 trillion so’m mablag’ yo’naltirilishi nazarda tutilganligi ma'lum qilindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram