1 MAYDAN QONUNCHILIKDA NIMALAR O’ZGARADI?
2023-05-05 15:42:17 125
1 maydan qonunchilikda nimalar o’zgaradi?
“Metan-zapravka”larga onlayn kamera o’rnatish majburiy bo’ladi
Prezidentning 2023 yil 10 fevraldagi “Tadbirkorlik sub'ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga asosan 1 maydan qator tartiblar o’rnatilmoqda.
Jumladan:
– avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor stantsiyalari va avtomobillarga gaz quyish stantsiyalarida elektron o’lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o’rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanadi;
– paxta xomashyosi, g’alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish bo’yicha axborot tizimlarining operatorlari o’z tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari majburiy hisoblanadi;
– to’lov xizmatlarini ko’rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o’rtasida pul o’tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko’rsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun «0» so’m bo’lgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.
Bunyodjon Enazarov - So’x tuman adliya bo’limi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram