Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYADAGI ISSIQXONALARNING AKSARIYATIDA ISH QIZG’IN, QIYNAYOTGAN FUQAROLARGA AMALIY YORDAM KO’RSATILMOQDA

×

 2023-05-05 15:36:36    53

PDF yuklash
Chop etish


Javpayadagi issiqxonalarning aksariyatida ish qizg’in, qiynayotgan fuqarolarga amaliy yordam ko’rsatilmoqda

Salkam iki yil oldin Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivida boshlangan xayrli va ezgu tashabbus bugun o’zining natijalarini bermoqda. Farg’ona viloyati hokimining amaliy ko’magi orqali kavlab berilgan 147 ta issiqxonalarning aksariyati bugun o’z egasini topgan.

Asrlar osha suvsizlikdan tashnajon bo’lib qolgan bu zaminlarga bugun yangi hayot nafasi kirib bormoqda. Ona-zaminga qadalgan birinchi urug’ bugun hosil bera boshladi.

- Rohat, barokat sari intilgan odam borki, qiyinchiliklarga duch keladi. Qiyinchiliksiz, mashaqqatsiz yaxshi natijaga erishmaymiz. Qilgan sa'y-harakatlar va mashaqqatlarimiz tufayli bugun barpo etilgan issiqxonalardan hosil olmoqdamiz, shunga yarasha daromadimiz ham bor, - deydi Javpayada issiqxona barpo etgan qal'achaliklardan biri.

Suv ta'minoti yo’lga qo’yilgunga qadar bugun Javpayadagi mirishkorlarga tuman hokimligi, tuman prokuraturasi tomonidan amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda. Imkoniyati bor fuqarolarimiz o’zlari suv tashiyotgan bo’lsa, yangi tadbirkorlarning qolgan qismiga suv maxsus texnikalar orqali yetkazib berilayotir. Tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov tashabbusi bilan Rishton tumanidan olib kelingan suv tashish texnikasi ham bugundan xalqimiz xizmatida.

Nochor ahvolga kelib qolgan issiqxonalar esa, tuman hokimligi tomonidan qayta ta'mirlanib, ekin ekilmoqda. Tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligidagi ishchi guruh a'zolari tomonidan bir necha kun davomida o’nlab bo’sh qolgan issiqxonalar ipaqaga keltirildi.

Issiqxonalarga yangitdan “jon berish” ishlarida So’x tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbariyati va xodimlari, Qal'acha, G’aznov mahalla fuqarolar yig’inlari beshligi faollik ko’rsatishmoqda. Issiqxonalar qayta ta'mirlanib, yangi qishloq xo’jaligi ekinlari, poliz mahsulotlari ekib, foydalanishga yo’naltirilyapti. Bunday amaliy va xayrli ishlar Javpayada har kuni amalga oshirilmoqda va berilayotgan amaliy ko’makdan aholi juda mamnun.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram