Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PAYSHANBA - PROFILAKTIKA KUNI

×

 2023-05-05 15:29:14    53

PDF yuklash
Chop etish


Payshanba - profilaktika kuni


Bugun tuman ichki ishlar bo’limida tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida jinoyatchilikka qarshi kurash profilaktikasi kuniga bag’ishlab, tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar tumanda amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib, jinoyatchilikni jilovlash va uni oldini olishda targ’ibot va proofilaktika tadbirlarini o’tkazish smara berishini ta'kidlab o’tdilar.


Mazkur tadbirda tuman hokimi so’z olib, mahallalarda profilaktika nozirlari va mahalla beshligi hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to’xtaldi. Mahallada jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlarni yanada jonlantirish yuzasidan kerakli ko’rsatmalar berildi.


Tadbir davomida "Mahallabay" tizimi asosida aholi muammolarini o’rganish va ularni hal etish choralarini ko’rish bo’yicha ham kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Hududlarda yo’l harakati xavfsizligiga rioya etish va hamkorlikdagi ishlarni samarali yo’lga qo’yishga doir ko’rsatmalar ham berildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati    


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram