Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1 MAYDAN QONUNCHILIKDA NIMALAR O’ZGARADI?

×

 2023-05-03 16:11:05    164

PDF yuklash
Chop etish


1 maydan qonunchilikda nimalar o’zgaradi?

Ayrimlarga shifoxonada bepul ovqat beriladi

Prezidentning tegishli qarori bilan 2023 yil 1 maydan nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlashda qator tartiblar o’rnatilmoqda.

Jumladan, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo’lgan bolaga g’amxo’rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning o’rnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a'zosiga nogironligi bo’lgan bolaning yonida birga bo’lish uchun sharoit yaratiladi.

Shuningdek, statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo’lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi hamda bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslarga g’amxo’rlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va boshqalar) uchun davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yo’lga qo’yiladi.

O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram