Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MALBUTLIKLARDAN MAHALLA OBODLIGI YO’LIDA EZGU TASHABBUS KO’RSATILDI

×

 2023-05-03 16:03:25    66

PDF yuklash
Chop etish


Malbutliklardan mahalla obodligi yo’lida ezgu tashabbus ko’rsatildi

Tumanimizning har bir go’shasida bugun davlatimiz rahbari va huqumatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor tufayli keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishda xalq tashabbusi orqali ham hashar tashkil etilib, hududlar obodonchiligi va tozaligiga hissa qo’shilayotir.

Malbut qishlog’i Navobod mahalla fuqarolar yig’ini tasarrufidagi hudud hisoblanadi va Qirg’iziston respublikasi bilan chegaradosh bo’lgan bu hududda salkam 1 500 nafar aholi istiqomat qilishadi. Mana shu chekka hududda ham bugun obodonchilik ishlari avj olgan.

Mahalla ahli tashabbusi bilan bugun mahallada hashar tashkil etildi va malbutliklar bugun o’z xohishlari bilan hudud qabristonini obod qilishga azm qilishgan. Navobod mahalla fuqarolar yig’ini raisi Zayliddin Gadoyboyevning so’zlariga ko’ra, malbutliklar obodonchilik ishlarida ham doim bir yoqadan bosh chiqvarib harakat qilishadi va  - bunday xayrli tashabbuslar mahallada an'anaga aylanib ulgurgan, - deydi mahalla raisi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram