Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2023-05-03 16:00:21    205

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi yangiliklar


Davlat ijrochisi faoliyati yuzasidan shikoyatlar faqat ma'muriy sudlar tomonidan ko’rib chiqiladi


Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarining samarali himoyasini ta'minlash maqsadida Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O’RQ–833-son, 26.04.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.


Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, kassatsiya instantsiyasi sudi mansabdor shaxslarning e'tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo’lganda xususiy ajrim chiqaradi.


“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan o’zgartishga ko’ra:


Davlat ijrochisining har qanday qarorlari yoki harakatlari ustidan shikoyat faqat ma'muriy sudga yoxud bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.


B. Enazarov - So’x tuman adliya bo’limi  boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram