Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYADAGI BOG’ QATOR ORALARIDAN HOSIL OLISH UCHUN ISHLAR AVJIDA

×

 2023-05-02 18:20:58    53

PDF yuklash
Chop etish


Javpayadagi bog’ qator oralaridan hosil olish uchun ishlar avjida

Bugun tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar boshchiligidagi ishchi guruh Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivida olib borilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida mazkur mavzeda bo’lishdi. Viloyat hokimi topshirig’i bilan bog’ qator oralariga shifobaxsh o’simliklar, dukkakli ekinlar, xususan oshqovoq va torvuz-qovun ekish rejalashtirilgan bo’lib, bog’bonlar tomonidan ekilgan dukkakli ekinlar allqachon o’sib chiqganligini ko’rasiz.

Tomchilatib sug’orish orqali parvarishlanayotgan nihollarning rivojlanishini ko’rib, bu maydonlar kelajakda katta daromad keltirishiga ishonasan kishi. Tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov tashabbusi bilan safarbar etilgan texnika va haydov traktorlari bog’ qator oralarini shudgorlashga kirishganini ko’rdik. Bog’bonlarga ko’mak ko’rsatgan tuman prokurori va hokim o’rinbosari ham havas bilan mehnat qilishdi.

Bugun Javpaya massivi har bir kishini o’ziga tortmoqda – buni ziyoratchilar tashrifidan ham yaqqol sezish mumkin. Hududda bo’lgan viloyat fermeralar Kengashi vakillari Javpaya istiqboli haqida yaxshi fikrlar bildirib, tuman prokurori va hokimning birinchi o’rinbosariga esdalik sovg’alar taqdim etdilar.                    

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram