Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUBSIDIYAGA UY-JOY OLMOQCHIMISIZ. UNDA BU SIZ UCHUN MUHIM

×

 2023-05-02 17:46:20    83

PDF yuklash
Chop etish


Subsidiyaga uy-joy olmoqchimisiz. Unda bu siz uchun muhim

 

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.


Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi o’zgarishlar kiritildi:


Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo’lim boshlig’i va aholi bandligiga ko’maklashish markazi direktorlari chiqarildi;


Subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko’maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo’limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko’rib chiqish tartibi bekor qilindi;


Bunda mazkur tashkilotlarning ma'lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta'minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.


Bundan tashqari, subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritildi:


Yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;


Olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma'lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.


2023-yil uchun ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.


Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag’lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo’yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.


Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram