Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZLASHTIRAYOTGAN YANGI YERLARDA ISH QIZG’IN – MALINA PLANTATSIYASI UCHUN ZAMIN HOZIRLANMOQDA, JAVPAYADA ESA NIHOLLAR KO’KKA BO’Y CHO’ZMOQDA

×

 2023-05-02 09:24:42    65

PDF yuklash
Chop etish


O’zlashtirayotgan yangi yerlarda ish qizg’in – malina plantatsiyasi uchun zamin hozirlanmoqda, Javpayada esa nihollar ko’kka bo’y cho’zmoqda

Tumanimizda o’zlashtirayotgan yangi yerlarda bugun olib borilayotgan amaliy ishlar jadallik kasb etayotir. Qayroq va Javpaya massivlaridagi ishlarda barcha zaruriy imkoniyatlardan foydalanilayotir.

Tumanimizga safarbar etilgan maxsus texnikalar yordamida Qayroq mavzesidagi dastlabki 200 gektar yer maydoni tekkislanib, lotlarga ajratilib, malina ekish uchun tayyor holtaga keltirilmoqda. Tabiati go’zal bu mavzeda amaliy ishlar aslo tingani yo’q.

Qal'acha mahallasida joylashgan Javpaya tepaliklarida esa, ona-zaminga o’tqazilgan birinchi o’rik nihollari allachaqon o’sishni boshlagan. Ko’k uzra kurtak yozib, bo’y rostlayotgan o’rik nihollarini yer egasi bo’lgan fuqarolarimiz yaratib berilgan sharoitlardan foydalanib, parvarishlamoqdalar.

Javpaya massivida o’rikzor uchun tayyor qilingan barcha yer maydonlariga o’rik nihollari ekib bo’lindi. Membrana hovuziga ham obi hayotning birinchi tomchilari kirib bordi va ishonamizki, yaqin kunalarda ko’z o’ngimizda yam-yashil yangi ekohudud paydo bo’lib, fuqarolarimizning daromad manbaiga aylanadi va eng muhimi bu So’xliklar uchun yangi doimiy ish o’rinlari paydo bo’lgani deganidir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram