Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YURTIMIZDA XALQIMIZ VA YOSHLAR ORASIDA KITOBXONLIK VA SAVODXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISH

×

 2023-05-01 18:14:41    234

PDF yuklash
Chop etish


YuRTIMIZDA XALQIMIZ VA YoShLAR ORASIDA KITOBXONLIK VA SAVODXONLIK MADANIYaTINI YuKSALTIRISh

 

Buyuk shoir va mutafakkir alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob-beminnat ustoz, bilim va ma'naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”dir. Shuningdek, Kitobni zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasiga o’xshatish mumkin.

Xalqimizda kitob o’qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o’rganishning ahamiyatiga katta e'tibor qaratilgan.

Necha ming yillardan buyon insonlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo’lishining muhim omili – bu albatta kitobga do’st bo’lish va kitob o’qishni kanda qilmaslikdir.

Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o’rni bor. chunki, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik va ezgulikka undaydi.

Yurtimizda, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash borasida qator normativ hujjatlar qabul qilinib, ularga asosan ko’plab, dasturiy maqsad va vazifalar, jumladan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkorlar, noshirlar va kitob tarqatuvchilar faoliyatini qo’llab-quvvatlash tizimini izchil va samarali tashkil etish orqali faol kitobxonlar safini kengaytirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish kabilar belgilanib, qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasida 2020 — 2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Milliy Dasturi” qabul qilingan.

Mazkur dasturga asosan O’zbekiston Respublikasida 2020 — 2025 yillar davomida 3 ta bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar belgilangan. Xususan,

ü   birinchi bosqichda, tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar - kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini yo’lga qo’yish, muammolarning tizimli-tahliliy tavsifi, O’zbekistonda kitobxonlik rivojlanishining hozirgi holati va keyingi bosqichlarining maqsadli hamda ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish, xalqaro tajribani hisobga olgan holda infratuzilma mustahkamlanishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;, dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish va kitobxonlikni rivojlantirish infratuzilmasining doimiy ishlashi uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, dasturning o’rta va uzoq muddatli maqsadlari va mexanizmlarini aniqlashtirish, mavjud ijobiy tajribani umumlashtirish, hududlar bo’yicha tanlov asosida ilg’or mexanizmlar, dolzarb loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan, ularni amalga oshirish natijalarini tahlil qilish, dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ilmiy, metodik asoslarni va axborot bilan ta'minlash, shu jumladan, axborot almashish tizimining muhim elementlarini yaratish;

ü   ikkinchi bosqichda,kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar - kitobxonlik bilan bog’liq mavjud infratuzilmalarni mustahkamlash va yangilarini tizimli ravishda barpo etishni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, kitobxonlikni rivojlantirish bo’yicha infratuzilmalarni boshqarish tizimini yaratish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo’yicha asosiy maqsadlar monitoringini olib borish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;

ü   uchinchi bosqichda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning madaniy savodxonligi o’sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar - dasturning asosiy natijalariga erishish, maqsadli parametrlari ko’rsatilgan inson kapitalini yetakchi rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan mezonlarga muvofiq baholash mezonlariga o’tish, kitob va o’qish madaniyatini oshirish, aholining madaniy barkamolligini rivojlantirish uchun indikatorlarni yaratish etib belgilangan.

Dasturni amalga oshirish yakunlari bo’yicha aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlangan davlatlar bilan taqqoslanadigan darajaga ko’tarish hamda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirishga, ularning madaniy savodxonligi o’sishi orqali inson kapitali sifatini yaxshilashga erishish, kitobxonlikni ommalashtirish, infratuzilma va o’quv tizimi, kitobxonlik bilan bog’liq muammolarni ilmiy-metodik o’rganish tizimi yaratish, kitobxonlikni rivojlantirish, infratuzilma, shuningdek, muassasalar va boshqaruv tizimi o’rtasida tegishli ijtimoiy-madaniy makonni tartibga solishni ta'minlaydigan samarali axborot almashish tizimi yaratish, kitobxonlik madaniyati rivojlangan va faol rivojlanayotgan mamlakatlar bilan taqqoslanadigan darajaga ko’tarish, aholining o’qiyotgan, faol o’qiyotgan kitobxonlar ulushining doimiy monitoringi yo’lga qo’yish, kitobxonlikni targ’ib qilish bo’yicha targ’ibot tadbirlarida ishtirok etadigan fuqarolar ulushi ortirish, kutubxonalar faoliyati takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish muammolari ilmiy o’rganiladi va targ’ib qilish usullari ishlab chiqish, kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimi yaratish, kitobxonlikni rivojlantirish infratuzilmasining doimiy ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ilmiy, metodik asoslar va axborot bilan ta'minlash, shu jumladan, axborot almashish tizimining muhim elementlari yaratishga erishi belgilangan.

 

A.Q.Xakimov - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi sudya yordamchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram