GVARDIYACHILARDAN EZGU MAQSADDAGI XAYRLI AKTSIYA
2023-04-29 18:03:30 130
GVARDIYaChILARDAN EZGU MAQSADDAGI XAYRLI AKTsIYa
O’zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyati Milliy gvardiyasi qo’riqlash boshqarmasi So’x tumani bo’limi xodimlari tashabbusi bilan kam ta'minlangan, ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj oilalar va fuqarolar holidan xabar olishdek xayrli tashabbus o’zining davomiyligi bilan ham ahamiyatlidir. Bunday ezgu maqsaddagi amallarini gvardiyachilar har doim davom ettiradilar.
- Bizning asosiy maqsadimiz qiynalgan, yakka yolg’iz, boquvchisini yo’qotgan, kam ta'minlangan, ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolarimiz holidan xabar olish, ularga insoniylikka xos bo’lgan mehr-muhabbat ulashishdan iborat. Zero insondan mehr, muhabbat qolishi sinalgan hayotiy haqiqatdir, - deydi biz bilan so’hbatda tuman milliy gvardiyachilari boshlig’i, podpolkovnik Rustamjon Mamajonov.
Tuman milliy gvardiyachilari bugun o’zlarining an'analariga sodiq qolgan holda Sharqobod mahallasi, "Bobur" ko’chasi 4- uyda yashovchi kam ta'minlangan hamda gulsanam Qulimahmatova va Hushyor mahallasi, “Tagi sho’xcha” ko’chasida yashovchi onaxon Hamrobi Qo’yicheva va ularning nevaralari Zufarjon Mamaloiqov xonadonlarida bo’lishdi. Xonadon egalariga sovg’a-salomlar ulashildi va albatta uy yumushlarida yaqindan yordam berildi.
Hayotning achchiq-chuchugini boshidan o’tkazgan, ayni kunda qarilik gashtini surayotgan onaxonlar tashabuskorlarga o’z minnatdorligini samimiy so’zlari va duolari bilan bildirib, gvardiyachilarning kelgusidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Darhaqiqat, shikasta qalblarga malham bo’lish va odamlarga mehr-oqibat ila muhabbat ulashish insoniylkining eng yuksak namunasidir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram