Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA FUQAROLARNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI O’TKAZILDI

×

 2023-04-29 17:41:54    56

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi ishtirokida fuqarolarning navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi

Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi, 1-sektor rahbari ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Mazkur sayyor qabulda sektor ishchi guruhi a'zolari, tuman hokimi o’rinbosarlari va mahalla faollari ishtirok etdilar.

Tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabulda fuqarolar murojaati tinglandi. Mahalladagi kamchilik va muammolar yuzasidan mahalla fuqarolar tuman hokimiga murojaat etdilar.

Mahallada ayni kunda obodonlashtirish ishlari avj olgan palla. Mahalla raisining ma'lumotiga ko’ra, mahallaning barcha ko’chalari, hatto ichki ko’chalar ham to’liq ta'mirlandi. Kuni kecha Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida Sohibkorning oxirigi ko’chasiga asfalt qoplamasi yotqizildi. Berilayotgan e'tiborga nisbatan mahalla ahli o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Biroq, mahallada o’z yechimini kutayotgan masalalar ham borki, ayni ushbu masalalar hududda dolzarbligicha qolmoqda. Ichimlik suvi ta'minotiga oid mahallada ancha ishlar qilingan, barcha xonadonlarda ichimlik suvi tarmog’i bor, lekin suv inshooti barpo etish va har bir xonadonga “obi hayot” kirib borishi kechikmoqda. Tuman hokimi ushbu masalaga alohida to’xtalib o’tdi va bu bo’yicha mahalla ahliga asosli tushuntirishlar berdi. Bu bo’yicha o’rganish ishlari olib borilganligi va ushbu muammo yil davomida hal etilishi Sohibkorliklarga tushuntirildi.

Sayyor qabul davomida ish joyi bilan ta'minlash, moddiy yordam berish, maktabgacha ta'lim muassasasini elektr tarmog’i bilan ta'minlash, Prezidentimizning 20-sonli qarori asosida yer maydonlari ajratib berish kabi masalalarga mansub murojaatlar qilindi. Sayyor qabuldan so’ng murojaatlarning asosiy qismi mutasaddilar ishtirokida manzilli o’rganildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram