MAHALLA AYOLLARI VA “OQILA AYOL” HARAKATI A'ZOLARI ISHTIROKIDA TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILDI
2023-04-29 17:36:24 143
Mahalla ayollari va “Oqila ayol” harakati a'zolari ishtirokida targ’ibot tadbiri o’tkazildi
Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo’ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek nogironligi bo’lgan bolalarni hamda ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2023 yil 28 aprel kuni “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 829-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Joylarda ushbu Qonunning targ’ibotiga oid turli tadbirlar va uchrashuvlar o’tkazilmoqda.
Hushyor mahalla fuqarolar yig’inidagi madaniyat markazida bo’lib o’tgan targ’ibot tadbirida Farg’ona viloyati oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari G. Jo’rayeva, viloyat ayollarni reablitatsiya qilish markazi rahbari J. Ahmedovalar ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirok etgan mahalla fuqarolar yig’inlari xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” xarakati a'zolari, ko’chaboshi ayollar hamda tumandagi mavjud umumta'lim maktabi psixologlariga viloyat vakillari qabul qilingan Qonun bo’yicha asosli tushunchalar berdilar.
Mazkur bo’lib o’tgan targ’ibot tabirida tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i M. Safarova, tuman “Oqila ayol” harakati rahbari G. Ahmadjonova va boshqa faol ayollar ham so’zga chiqib, mavzuga doir o’z fikr va mulohazalarini bidirdilar. Barcha ishtirokchilarga ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining maxsus bukletlari tarqatib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram