XOTIN-QIZLAR VA AYOLLAR O’RTASIDA ICHKI ISHLAR VAKILLARI TOMONIDAN TURLI MAVZULARDA TARG’IBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2023-04-28 19:15:09 136
Xotin-qizlar va ayollar o’rtasida ichki ishlar vakillari tomonidan turli mavzularda targ’ibot ishlari olib borilmoqda
So’x tumanidagi xar bir mahalla fuqarolar yig’inlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 07.03.2022 yil kungi 87-sonli Farmoni asosida turli tadbirlar va davra suhbatlari o’kazilayotir. Farmon bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo’yicha Milliy dasturning” 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining 16-bandida xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish borasida keng jamoatchilik bilan targ’ibot ishlarini amalaga oshirish belgilab qo’yilgan.
Ayni kunlarda So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonova ishtirokida ta'lim muassasalari va korxona-tashkilotlarda muntazam ravishda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida xotin-qizlar o’rtasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusida davra suhbatlari o’tkazib kelinmokda. Tadbir davomida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”, “Siz qonun himoyasidasiz”, “Oila muqaddas”, “Voyaga yetmaganlar orasida suitsid, ya'ni o’z joniga qasd qilish holatlariga qarshi profilaktik tadbirlarni birgalikda olib boramiz”, “Erta turmush –keltirar tashvish” mavzularida uchrashuvlar va davra suhbatlari o’tkazilmoqda. Mazkur tadbir ishtirokchilariga yuqoridagi nomlari keltirgan mavzularda turli bukletlar tarqatilmokda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram