DEVAYRON MAHALLASIDAGI TIKUVCHILIK KORXONASIDA ISHLAYOTGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ICHKI ISHLAR XODIMLARI TOMONIDAN TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILDI
2023-04-27 14:53:25 147
Devayron mahallasidagi tikuvchilik korxonasida ishlayotgan xotin-qizlar bilan ichki ishlar xodimlari tomonidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi
Aytish lozimki, tumanimizda fuqarolar, ayniqsa, ayollar va xtin-qizlar bandligini ta'minlashga doir ko’p arzirli ishlar qilinmoqda. Devayron mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan tikuvchilik korxonasining qayta ishga tushirilishi ushbu yo’nalishdagi muammolarni bartaraf etilishiga asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir.
Ayni kunda mazkur korxonada 100 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi va mazkur tikuvchilik korxonasida ishlayotgan xotin-qizlarga ham “AVILON SO’X textile” MChJ tomonidan qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan. Uzoq masofadagi xotin-qizlar korxonaga avtobus orqali qatnaydilar.
Hozirda fabrikada tikilayotgan tayyor trikotaj mahsulotlarini Rossiya davlatiga eksport qilish borasida kelishuvlar olib borilmoqda. Mazkur korxonaga hozirda 80 nafardan ortiq uy bekalari, ya'ni tikuvchilar jalb etilib, ish joyi bilan ta'minlanganlar.
So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonova sa'y-harakati bilan tuman tikuvchilik korxonasida "Ayol tarbiya va odob timsoli" mavzusida davra suhbati tashkil etilib, o’tkazildi. Tadbir jarayonida korxona faoliyati o’rganilib, ishchilar bilan suhbat qilindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram