Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA IPAK QURTI PARVARISHI BOSHLANDI: YILLIK REJA 38 TONNA!

×

 2023-04-27 12:39:20    66

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida ipak qurti parvarishi boshlandi: yillik reja 38 tonna!

Qishloq xo’jaligining ilk hosili – ipak qurti yetishtirish bo’yicha bugun barcha pillakorlarimiz ishga kirishdilar. Tumanimizda 2023 qishloq xo’jaligi uchun ipak qurti parvarishlash ishlariga start berildi.

So’x tumani hokimining qishloq va suv masalalari bo’yicha o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning ma'lumotiga ko’ra, tumanda faoliyat ko’rsatayotgan shirkat va fermer xo’jaliklariga davlatimiz tomonidan 2023 yil pilla hosili uchun jami 663 qutti ipak qurti parvarish qilinib, 38 tonna pilla xom ashyosi topshirish rejasi belgilab berilgan. Bugun “Ozod” shirkat xo’jaligining dala shiyponida pillakorlarga ipak qurti parvarishlash uchun tarqatib berildi.

Mutaxassislarning ma'lumotiga ko’ra, ipak qurtini tayyorlash ishlari maxsus inkubatoriyada amalga oshiriladi va ipak qurtini egasiga berishgacha bo’lgan muddat davomida maxsus texnologiyalar asosida qurtlarni saqlash talab etiladi. Inkubatoriya xodimlari tomonidan qurtning vazni belgilangan muddatlar oralig’ida o’lchab boriladi va tayyor bo’lgandan so’ng u pillakorlarga yetkazib beriladi.

Bir qutti pilla 19 gramm ipak qurtiga teng ekanligini mutaxassislar bizga tushuntirishdi. Ipak qurti tarqatish tadbirida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ham ishtirok etdi.

Aytish lozimki, Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli bugun Respublikamizda Vetnam texnologiyasi asosida ipak qurti parvarishlash yo’lga qo’yilmoqda. Bu texnologiya bo’yicha ipak qurti yetishtirish bir necha bosqichda amalga oshirilib, maxsus texnologiya asosida ipak qurti ozuqasi – tut bargi yetkazib berish muammosi ham bartaraf etiladi.

Farg’ona viloyati “Agropilla” mas'uliyati cheklangan jamiyati vakillari tomonidan ipak qurti urug’i pillakorlarga tarqatildi. Har bir pillakorga MChJ tomonidan bir qutti ipak qurti uchun 250 ming so’m miqdorida avans puli ham berildi va ushbu yangilik pillakorlar quvonchiga ham sabab bo’layotir.

Sektor hududidagi pillakorlarga va “Ozod” shirkat xo’jaligi hududagi ijarachilarga bugungi kunda jami 170 quti ipak qurti urug’i tarqatiladi. Barcha pillakorlarimizga ushbu mas'uliyatli ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram