SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-04-27 12:35:26 132
Savol bering, javob beramiz
Savol: Yangi tahrirdagi kodeksida mehnat shartnomasini bekor qilish tushunchasi va asoslari haqida ma'lumot bersangiz
Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiing155-moddasiga asosan:
Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar bo’yicha xodim va ish beruvchi o’rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tugatish tushuniladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat: 1) taraflarning kelishuvi (ushbu Kodeksning 157-moddasi);
2) mehnat shartnomasi muddatining tugashi (ushbu Kodeksning 158-moddasi);
3) mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko’ra bekor qilish (ushbu Kodeksning 160-moddasi);
4) mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish (ushbu Kodeksning 161-moddasi);
5) tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo’ysunuvi) o’zgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi (ushbu Kodeks 156-moddasining beshinchi qismi);
6) xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi (ushbu Kodeks 137-moddasining to’rtinchi qismi);
7) xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko’chishni rad etishi (ushbu Kodeks 146-moddasining beshinchi qismi);
8) xodimning tibbiy xulosaga muvofiq sog’lig’ining holatiga ko’ra qarshi ko’rsatma bo’lmagan boshqa ishga o’tkazishni rad etishi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo’lmagan taqdirda (ushbu Kodeks 143-moddasining ikkinchi qismi);
9) taraflarning ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlar (ushbu Kodeksning 168-moddasi);
10) yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o’tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish (ushbu Kodeksning 169-moddasi);
11) ushbu Kodeks yoxud boshqa qonunlar alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida mehnatga oid munosabatlarni tugatishning qo’shimcha asoslari to’g’risidagi shartni nazarda tutish imkoniyatini mustahkamlaydigan hollarda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslar.
Mehnat shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o’zga asoslar bo’yicha ham bekor qilinishi mumkin.
F.Boboyev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram