SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-04-26 18:21:05 121
Savol bering, javob beramiz
Savol: Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga asosan har yilgi mehnat ta'tilining bir qismini keyingi ish yiliga ko’chirish to’g’risida tushuncha bersangiz
Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 230 moddasiga asosan har yilgi mehnat ta'tili har yili, ushbu ta'til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko’ra joriy yilda har yilgi mehnat ta'tilini to’liq berish imkoni bo’lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta'tilning o’n to’rt kalendar kundan ortiq bo’lgan qismi keyingi ish yiliga ko’chirilishi mumkin bo’lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarga, nogironligi bo’lgan xodimlarga har yilgi mehnat ta'tilini, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida ko’rsatilgan har yilgi qo’shimcha ta'tillarni bermaslik taqiqlanadi.
Shuningdek, mazkur kodeksning 231-moddasi talablariga ko’ra, har yilgi mehnat ta'tilini xodim va ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga ko’ra har yilgi qismlarga bo’linishi mumkin.
Bunda ushbu ta'tilning hech bo’lmaganda bir qismi o’n to’rt kalendar kundan kam bo’lmasligi kerak.
I.Madaminov - So’x tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram