Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAYOT YO’LIDA ADASHGAN FUQAROLARIMIZGA ALOHIDA E'TIBOR QARATILMOQDA

×

 2023-04-26 18:19:41    50

PDF yuklash
Chop etish


Hayot yo’lida adashgan fuqarolarimizga alohida e'tibor qaratilmoqda

Jazo muddatini o’tab kelgan fuqarolar, ayniqsa, yo’ldan adashgan yoshlarni to’g’ri yo’lga solish va ularga e'tibor qaratgan holda qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan xayrli ishlar tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi tomonidan amalga oshirilayotir. Mazkur markaz tomonidan ushbu fuqarolarni moddiy qo’llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilgan.

Sanjarbek Rahimovga ham tuman hokimligi huzuridagi ijtmioiy ko’nikma markazi tomonidan amaliy va moddiy yordam ko’rsatildi. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiladigan Sanjarbek Rahimov berilayotgan e'tibordan albatta mamnun va minnatdor.

So’x tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma mutaxassisi Nishonali Ibrohimovning so’zlariga ko’ra, bunday fuqarolar va ayniqsa, yoshlarimiz markaz xodimlarining alohida e'tiborida turishadi. – Ushbu fuqarolarimizni moddiy qo’llab-quvvtalsh va ularning holidan har doim xabardor bo’lib turish bizning oldimizdagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, - deydi Nishonali Ibrohimov.

Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma markaziy komissiyasi tomonidan mazkur fuqaroning oilaviy ahvoli o’rganildi va unga eng kam oylik ish haqining 4,5 barobari ya'ni 1 350 000 (bir million ikki yuz ming) so’m miqdorda moddiy yordam puli berildi. Ayni kunda Rahimov Sanjarbekning bandligini ta'minlash maqsadida tuman tuman bandlikka ko’maklashish markaziga yo’llanma berildi hamda ushbu fuqaroning ishga joylashtirish choralari ko’rilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram