Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLASIDAGI BARCHA KO’CHALAR TO’LIQ TA'MIRLANDI

×

 2023-04-26 18:18:36    69

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahallasidagi barcha ko’chalar to’liq ta'mirlandi

Prezidentimizning So’x tumani hayotidagi tarixiy 4798-sonli qarori asosida hududlarda boshlangan obodonlashtirish ishlari bugun o’zining mantiqiy davomini topmoqda. Berilayotgan e'tibor tufayli bugun tumanimizning siymosi o’zgarmoqda, mahallalar va hududlar obodonlashtirilib, olib borilayotgan amaliy ishlar xalqimizning roziligiga sabab bo’layotir.

Birgina Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida amalga oshirilgan ishlar bunga yorqin misol bo’la oladi. Mahalla raisi Habibjon Olimov va mahalladan tuman Kengashiga saylangan deputat Hamroali Haydarovlar bo’layotgan o’zgarishlarga va mahalla hududida amalga oshirilgan ishlarga nisbatan davlatimiz rahbari nomiga mahalla ahli nomidan minnatdorchilik izhor qilganlar.

- Berilayotgan yuksak e'tibor tufayli mahallamizning barcha ko’chalari to’liq ta'mirlandi. Mahallaning ichki ko’chalariga beton qoplamasi yotqizildi, bugun Sohibkorning oxirgi tor ko’chasiga Prezidentimizning 408-sonli qaroriga asosan asfalt qoplamasi yotqizildi. Bu albatta, har bir fuqaroning mamnunligi va minnatdorchiligiga sabab bo’layotir. Berilayotgan e'tibor va qilingan har bir ezgu amal uchun xalqimiz nomidan davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz, - deb yozilgan minnatdorchilik maktubida.

408-qaror asosida Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 3,5 kilometr uzunlikdagi ko’chalar to’liq asfaltlashtirildi. Asfaltlashtirish ishlariga davlatimiz byudjeti mablag’lari hisobidan salkam 2 milliard so’m mablag’ yo’naltirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram