Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-04-25 15:27:10    47

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Yangi tahrirdagi mehnat Kodeksiga asosan har yilgi mehnat ta'tillarining davomiyligini hisoblab chiqarish to’g’risida tushuncha bersangiz

Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 221-moddasiga asosan: 

Xodimlarning har yilgi asosiy va qo’shimcha mehnat ta'tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi.

Har yilgi mehnat ta'tili davriga to’g’ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta'tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi asosiy va qo’shimcha mehnat ta'tillarining davomiyligi olti kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo’yicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi.

Shuningdek, kodeksining 222-moddasiga ko’ra har yilgi mehnat ta'tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo’shimcha ta'tillar har yilgi asosiy eng kam ta'til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilga qo’shib jamlanadi.

Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta'tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan cheklov qonunchilikda nazarda tutilmagan, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ish beruvchining kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishuvga ko’ra qabul qilingan ichki hujjatlarida yoxud mehnat shartnomasida belgilangan mehnat ta'tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram