Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VATAN TAYANCHI” HARAKATI OTRYADINING ENG FAOL A'ZOLARIGA “VATAN TAYANCHI” KO’KRAK NISHONLARI TAQDIM ETILDI

×

 2023-04-25 15:23:36    169

PDF yuklash
Chop etish


“Vatan tayanchi” harakati otryadining eng faol a'zolariga “Vatan tayanchi” ko’krak nishonlari taqdim etildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2022 yildagi 150-sonli “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori asosida respublikamizda va bizning tumanimizda ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni kunda tuman ta'lim dargohlarida ushbu harakatning boshlang’ich bo’limlari tashkil etilgan.

 

“Vatan tayanchi” harakatining asosiy vaziflari o’sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, ma'naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash, o’quvchilarni turli xavfli g’oyalar va tashqaridan «ommaviy madaniyat» niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta'sirlardan himoya qilishdan iboratdir. “Vatan tayanchi” harakati otryadi ishtirokchilari, guruhlar a'zolari ishtirokida turli tadbir va tanlovlar ham o’tkazilib kelinmoqda.

 

Tumanimizda 32 ta “Vatan tayanchi” harakati otryadi mavjud bo’lib, tashkil etilgan harakatlar otryadlari bevosita ta'lim muassasalarida faoliyat olib borishadi. Guruhlar va harakatlarga maktablardagi ChQBT rahbari boshchilik qiladi.

 

“Vatan tayanchi” otryadlari a'zolarining faoliyati beshta mezon asosida baholanadi va eng faollariga “Vatan tayanchi” ko’krak nishoni topshiriladi. Tumanimizning 13-sonli va 18-sonli maktab o’quvchilari ayni shu baxtga muyassar bo’ldilar.

 

Tumanimizning 12494-sonli harbiy qismida 13-sonli maktabning “Shijoat” va 18-sonli ta'lim muassasasining “Sarhad” otryadlari a'zolariga “Vatan tayanchi” ko’krak nishonlari topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi, tuman sektorlari rahbarlari, tuman mudofaa ishlari bo’limi va 12494-harbiy qismi vakillari ishtirok etdilar va barcha yoshlarni tabriklab o’tdilar.

 

Barcha o’quvchilar va ularning ustozlariga “Vatan tayanchi” ko’krak nishoni tantanali tarzda taqdim etildi. Otryadlar faoliyatiga mutasaddilar tomonidan omadlar tilandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram