Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"XORIJIY TILLARNI O’QITISH BO’YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVI G’OLIBLARIGA 100 MILLION SO’MLIK SERTIFIKAT TAQDIM ETILDI

×

 2023-04-25 15:15:23    397

PDF yuklash
Chop etish


"Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab" tanlovi g’oliblariga 100 million so’mlik sertifikat taqdim etildi

Vazirlar Mahkamasining 9.09.2021 yildagi “Iqtidorli o’quvchilar o’rtasida fan olimpiadalarini o’tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to’g’risida”gi 562-son qarori qabul qilingan. Ushbu qaror asosida o’tkazilayotgan turli tadbirlar o’quvchilar bilim darajasini yuksaltirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun So’x tumanida bo’lib o’tgan "Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab" tanlovining dastlabki bosqichida 150 nafar maktab o’quvchilari shitirok etishdi. Xorijiy til (ingliz, nemis, frantsuz tillarini) bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test topshiriqlari umumta'lim maktablarining 7-9 sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, xalqaro ta'lim standartlari (CEFR) asosida tayyorlangan va o’z ichiga 30 ta topshiriqlarni qamrab olgan.

Tanlovda ishtirok etgan 22-sonli maktab jamoasi tanlovning tuman bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritib, viloyat bosqichiga yo’llanma oldi hamda 100 million so’m pul mukofotini qo’lga kiritdi. Summaning 50% maktab moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun, 25% o’qituvchilar o’rtasida, qolgan 25% o’quvchilar o’rtasida teng taqsimlanadi.

Ta'lim muassasida tashkil etilgan tantanali tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimovlar ishtirok etdilar. 100 million so’mlik sertifikat maktabning tanlov ishtirokchisi bo’lgan jamoasiga tantanali tarzda taqdim etildi.   

Endi g’olib bo’lgan maktab jamoasi tarkibi bilan tanishing: o’qituvchilar -  Husniddin Fayzilloyev hamda Eshonjon Nazarov. O’quvchilar – Og’abek Ismoilov, Fayziniso Abduhoshimova, Abdujalil Abdumutaliyev, Parviz Shamsiddinov hamda Shohjahon Usmonaliyev. Tabriklaymiz!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram