Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-04-20 15:22:36    94

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga asosan har yilgi qo’shimcha ta'tillar xaqida tushuncha bersangiz

Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 219-moddasiga asosan: Har yilgi qo’shimcha ta'tillar:

ushbu Kodeksning 481-moddasiga muvofiq mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlarga;

ushbu Kodeksning 483-moddasiga muvofiq noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga;

ushbu Kodeksning 220-moddasiga muvofiq bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko’p yillik ish stajiga ega bo’lgan xodimlarga;

qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.

Shuningdek, 220-moddasi talablariga ko’ra Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo’lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko’p bo’lmagan har yilgi qo’shimcha mehnat ta'tili beriladi.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qonunchilikda o’ziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qo’shimcha mehnat ta'tillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo’shimcha mehnat ta'tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.

Agar xodim ish beruvchining taklifiga ko’ra ishga qabul qilingan bo’lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo’shimcha mehnat ta'tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi ish staji kiritiladi.

Mikrofirmalar xodimlariga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo’shimcha mehnat ta'tili ushbu Kodeksning 505-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan o’ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda beriladi.


B.Enazarov - So’x tuman adliya bo’limi  boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram