Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QDPIDA SO’XLIK TALABALAR UCHUN AVTOBUS QATNOVI YO’LGA QO’YILDI

×

 2023-04-20 15:01:34    90

PDF yuklash
Chop etish


QDPIda so’xlik talabalar uchun avtobus qatnovi yo’lga qo’yildi


Joriy yilning mart oyida Qo’qon shahar hokimi M. Usmonov, So’x tumani hokimi S. Sayidmusayev, institut rektori D. Xodjayeva hamda sektor rahbarlarining Qo’qon davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan so’xlik talaba-yoshlar bilan ochiq muloqoti o’tkazilgan va unda talabalar tomonidan Qo’qon-So’x yo’nalishida avtobus qatnovini yo’lga qo’yish taklifi bildirilgan edi.


Bugundan boshlab so’xlik talabalar institutga o’z vaqtida kelib-ketishlarida jamoat transporti xizmatini tashkil etish maqsadida Qo’qon-So’x yo’nalishida avtobuslar qatnovi yo’lga qo’yildi. Bundan, tabiiyki, talabalar g’oyatda xursand.


Ilk avtobusni So’xga jo’nab ketish tadbirida institut rektori Dilnoza Xodjayeva, prorektor v.v.b. F. Ibragimov, dekan o’rinbosarlari va talabalar ishtirok etishdi.


– Men tarix fakultetida tahsil olaman, – deydi Rahmonjon Kimsanboyev. –Avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgach, xarajatimiz ikki barovarga kamayadigan bo’ldi.


Ushbu avtobus yo’nalishi talabalarni to’g’ridan-to’g’ri Qo’qondan So’xga yetib olishlari hamda oliygohga qaytib kelishlari uchun maxsus tashkil etilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram