Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2023-04-20 14:58:36    78

PDF yuklash
Chop etish


Nuroniylar holidan xabar olindi

Ramazon oyi – saxiylik, mehr-oqibat va bag’rikenglik oyidir. Bu qutlug’ ayyomda mehr-shafqatli, kechirimli bo’lish hammamiz uchun ham farz, ham qarzdir.

Nuroniylar, keksa-otaxon va onaxonlar, kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish bizning xalqimizga xos fazilat hisoblanadi. Bu xislat ota-bobolarmizdan qolgan umrboqiy qadriyat sifatida bugungi avlodlarga ulashib kelinmoqda.

Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Mas'udjon Jumayev bugun muborak Ramazon Hayiti arafasida ulug’ ustozlar va nuroniylar holidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga kirib bordi. Yuz bilan yuzlashgan otaxonlar-mehnat faxriylari Aslonboy-ota Tojiyev va Subhiddin Sharofiddinovlar bilan samimiy suhbat qilib ularga bayram sovg’alari taqdim etildi va albatta bu tashrifdan minnatdor bo’lgan nuroniylarimiz duoga qo’l ochdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram