Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA YANGI ICHKI ISHLAR BO’LIMINING MA'MURIY BINOSI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO’YILDI

×

 2023-04-19 14:52:44    75

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida yangi ichki ishlar bo’limining ma'muriy binosi qurilishiga tamal toshi qo’yildi

Tumanimizda aholi xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash kabi mas'uliyatli vazifani zimmalariga olgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan arzirli ishlar amalga oshirilayotir. Sohaning rivojlanishiga berilayotgan e'tibor tufayli bugun ichki ishlar xodimlarining safi ham kengayib, ularga qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Bugun tumanimizga tashrif buyurgan Farg’ona viloyat ichki ishlar borshqarmasi boshlig’i Muhiddin Jo’rayev tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari bilan birgalikda mahallalarda bo’lib, aholi bilan uchrashdi va ular bilan samimiy muloqot qildi. Joylarda ichki ishlar bo’limi xodimlari – uchastka nozirlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.

Tumanimizning Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Do’stlik” istirohat bog’ining yonida yangi ichki ishlar bo’limi ma'muriy binosi barpo etiladi. Mahalla faollari, nuronyilar va soha faxriylari bilan uchrashgan ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Muhiddin Jo’rayev yig’ilganlarni yangi qurilayotgan bino loyihasi bilan tanishtirdi.

1,2 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi bino uch qavatdan iborat bo’lib, unda ichki ishlar shaxsiy tarkibi uchun barcha qulayliklar va sharoitlar yaratib beriladi. Avtoturargoh, ma'muriy bino, xodimlar uchun yotoqxona, oshxona, mehmonxona va boshqa qulayliklarga ega bo’lgan ushbu inshoot qurilishiga 12 milliard so’mdan ortiqroq mablag’ yo’naltirigan.

Qurilish ishlari “Mirzoqurbon” MChJ zimmasiga yuklatilgan bo’lib, ob'ektning foydalanishga topshirilishi ichki ishlar xodimlari kasb bayramiga rejalashtirilgan. Jonliq so’yilib, duoi xayr qilingach, yangi inshootning qurilishiga soha faxriylari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i va tuman sektorlari rahbarlari tomonidan tamal toshi qo’yildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram