ENDI O’ZBEKISTONDA ALIMENT TO’LAMAGAN SHAXS HAQ TO’LANADIGAN JAMOAT ISHLARIGA MAJBURIY JALB QILINADI
2023-04-19 14:49:25 110
Endi O’zbekistonda aliment to’lamagan shaxs haq to’lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi
Bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga doir qonunni imzoladi.
Ma'lumotlarga ko’ra, 2021 yilda respublika bo’yicha voyaga yetmagan farzandiga aliment to’lashdan bo’yin tovlagan 5,3 mingdan ortiq fuqaro ma'muriy qamoq jazosiga tortilgan bo’lsa, 2022 yilda bu ko’rsatkich 8,7 mingdan ortgan.
Qonunda aliment to’lamaganlik uchun belgilangan jarima yoki qamoq jazosi aliment oluvchi bolaga hech qanday naf keltirmaydi. Aksincha, shaxsning mablag’i jarima uchun undirilishiga yoki u qamoqqa olinib, 15 sutka mobaynida daromad topish va aliment to’lash imkoniyatidan mahrum bo’lishiga olib keladi.
Buning oldini olish uchun qonunga yangi ma'muriy jazo turi, haq to’lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilish jazosi kiritilmoqda. Bunda aliment to’lamagan shaxsning jamoat ishlarini bajarib olgan haqining teng yarmi aliment oluvchiga beriladi.
MIB So’x tuman bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram