Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADAGI TOG’ CHO’QQISIDA SPORT MAYDONCHASI TASHKIL ETILDI: YOSHLAR SPORTGA ASTOYDIL INTILAYOTIR

×

 2023-04-18 16:19:17    74

PDF yuklash
Chop etish


Mahalladagi tog’ cho’qqisida sport maydonchasi tashkil etildi: yoshlar sportga astoydil intilayotir

Respubliamizda sport sohasini rivojlantirishga berilayotgan e'tibor sohani eng olis va chekka hududlarda ham rivojlanishiga asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir. Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun butun Respublika bo’ylab mahallalar yoshlari uchun sport maydonlari, ko’cha sportini rivojlantirish maqsadida “street workout”lar tashkillanmoqda.

Bugun Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonov tashabbusi bilan mahalla yoshlari uchun hatto tog’ cho’qqisida ham “workout”lar barpo etilayotir. – Men o’zim sportga qiziqqanim bois, mahallamizdagi ziyoratgoh hududida joylashgan tog’ cho’qqisiga har kuni chiqaman. Mahalla yoshlari bilan eratalabki badantarbiyani ham shu yerda o’tkazamiz. Sportga chanqoq yoshlarning ko’pligini hisobga olib, tog’ cho’qqisida, mana sport maydonchasi tashkil etishga qaror qildik, - deydi mahalla raisi.

Ziyoratgoh tog’ cho’qqisida tashkil etilgan sport maydonchasini barpo etishda mahalla yoshlar yetakchisi D. Nabijonov va sportsevar mahalla yoshlari faollik ko’rsatdilar. Endilikda mahallada tashkil etilgan “mountain workout”dan barcha sportchi yoshlar samarali foydalanishmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram