SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-04-18 16:14:35 124
Savol bering, javob beramiz
Savol: Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga asosan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til to’g’risida ma'lumot bersangiz
Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 218-moddasiga asosan qo’yidagilarga yoshi va sog’lig’ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi:
o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarga – o’ttiz kalendar kun;
I va II guruh nogironligi bo’lgan xodimlarga – o’ttiz kalendar kun.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun bo’lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.
Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday ta'tillar olish huquqiga ega bo’lgan xodimlarning ro’yxati va ushbu ta'tillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi.
Qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan ko’paytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.
A.Toshpulatov - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram