Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RAMAZON KUNLARIDA SAXOVAT AMALLARI KENG QULOCH YOYMOQDA

×

 2023-04-18 15:50:14    83

PDF yuklash
Chop etish


Ramazon kunlarida saxovat amallari keng quloch yoymoqda


Tashkil etilayotgan xayru saxovat tadbirlari ro’zai ramazon kunlarida ehtiyojmand yurtdoshlarimiz ko’nglida yaxshi kayfiyat hissini uyg’otishda omil bo’lmoqda. - Muborak ramazon oyida bir nafar ro’zador va muhtoj oilaning ko’nglini shod etish biz Rovon mahallasining xodimlari uchun faxr, - deb o’z xabarida yozmoqda Rovon mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Tasvir Boboyev.

 

Rovon mahalla fuqarolar yig’inining beshlik xodimlari ishtirokida mahallada yashovchi "Temir daftari", "Ayollar daftari" ro’yixatidagi fuqarolar, nogironligi bo’lgan, boquvchisini yuqotgan oilalarning hollaridan xabar olish maqsadida "Saxovat va ko’mak" jamg’armasi tomonidan ajratilgan uch xil turdagi oziq-ovqat va poliz mahsulotlari aholi xonadonlariga manzilli yetkazib berildi.

 

Bunday ulug’ kunlarda ko’rsatilayotgan amaliy yordamlar uchun muhtaram yurtboshimizga samimiy minnatdorchilik bildirgan fuqarolarimiz mamlakat hayotidagi ijobiy o’zgarishlarda ham faol bo’lish, amalga oshirilayogan islohotlarda ishtirokchi sifatida hissa qo’shishni ta'kidlab, samimiy tilaklar bilan qo’llarini ochib duoi xayr qildilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram