Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-04-18 15:05:21    153

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


Bugun tuman hokimligida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq yetmishinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:


1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining “So’x tumanida hududiy sektorlar va tashkilot rahbarlari tomonidan uyma uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob'ektlarni o’rganish orqali muammolarni aniqlash hamda hal kilinishi, murojaatlar bilan ishlash holati” yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudirining hisoboti.


2. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo’naltirish tartibi to’g’risidagi nizomining 26-bandiga asosan ovoz berish jarayoni yakuniga ko’ra jamg’armadagi mablag’lar hisobidan moliyalashtirilgan tadbirlar va ushbu bo’yicha aniq manzilli ro’yxatni tasdiqlash to’g’risida.

 

3. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023 yilga mo’ljallangan namunaviy ish rejasini tasdiqlash to’g’risida

Sesiya kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi mudiri Ma'murjon Botiirov ma'lumot yetkazdi. Aniq raqamlarga asoslangan mazkur hisobotda tuman sektorlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati barcha ishtirokchilarga yetkazildi.

Birinchi masala muhokamasi davomida deputatlar Subhonali Nishonov, Qodirbek Amirbekov, Rasulxon Qoziyev, Hamroali Haydarovlar muzokaraga chiqib, tumanda “Yangi avlod” MChJ tomonidan ichimlik suvi ta'minotiga doir amalga oshirilgan ishlar hususida gapirib, bajarilgan ishlar natijadorligi hususida tanqidiy fikrlar bayon etishdi. Ishlarni samarali tashkil etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga oid takliflar bildirildi.      

Ikkinchi masala yuzasidan tuman moliya bo’limi mudiri Zayliddin Gadoyboyev ma'ro’za qildi va o’z so’zida tumanda masala bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi. “Tashabbusli byudjet” loyihalarining yakuni bosqichida tumanimizning ikkinchi sektoridagi Qal'a, Rovon, Istiqlol va Navobod mahalla fuqarolar yig’inlari g’oliblikni qo’lga kiritgan. Tuman hokimi ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov va nomlari qayd etilgan mahalla raislariga bunday faollik uchun minnatdorchilik bildirdi.    

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan tuman Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayev axborot berdi. Deputatlar Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023 yilga mo’ljallangan namunaviy ish rejasini tasdiqladilar.  

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram