SO’X TUMANIDA “SALOMATLIK SAYLLARI” AKTSIYASI DOIRASIDA AHOLI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZILDI
2023-04-18 08:46:07 131
So’x tumanida “Salomatlik sayllari” aktsiyasi doirasida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi
So’x tuman madaniyat markazida O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Salomatlik sayllari" oyligi aktsiyasi doirasida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish amaliyoti bo’lib o’tdi. Tibbiy ko’rik tibbiyot sohasida viloyat va resupblika miqyosida faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislar tomonidan o’tkazildi.
“Salomatlik sayllari” aktsiyasi doirasida 15 nafardan ortiq Respublika, viloyat, tumanimizning tor doiradagi mutaxassislari - kardiolog, endokrinolog, nevropatolog, okulist, LOR, gastroenterolog, xirurg, akusher-ginekolog, pulmonolog, onkolog, urolog, neyroxirurg, travmatolog, proktolog, pediatr va boshqa mutaxassilar yurtdoshlarimizga xizmat ko’rsatishdi. Tashkil etilgan mazkur tadbirda jami 2855 fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Tibbiy ko’rikdan o’tgan mijozlarning 522 nafari ayollar, 630 nafari bolalar va 265 nafari erkaklarni tashkil etdi. Tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan axolining 298 nafari sog’lom deb topilib, sog’lom turmush tarzi bo’yicha maslahatlar berildi.
1119 nafar aholida xavf omillari borligi aniqlanib, sog’lomlashtirish rejalari tuzildi. 33 nafar bemorlar tuman tibbiyot birlashmasiga statsionar sharoitda davolanishlari uchun yotqizildi. 2 nafar bemorga viloyat muassasalarida davolanish uchun tavsiya va yo’llanmalar berildi.
Bunday tadbirlarni o’tkazishdan maqsad aholining to’g’ri ovqatlanishga yo’llash va sog’lom turmush tarzida hayot kechirishi hamda noto’g’ri ovqatlanish bilan bog’liq yuqumli bo’lmagan kasalliklarni oldini olishga erishishdir. Tadbir davomida sog’lom ovqatlanish stoli tashkillanib, markaz xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Sog’lom turmush tarziga oid eslatmalar, bukletlar tarqatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram