KIMLAR XAVFSIZLIK KAMARINI TAQMASLIGI MUMKIN
2023-04-17 17:41:00 388
Kimlar xavfsizlik kamarini taqmasligi mumkin
Vazirlar Mahkamasining “Yo’l harakati qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” gi 172-sonli qaroriga ko’ra Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
avtomobilning orqa o’rindig’idagi 12 yoshgacha bo’lgan bolalar;
o’quv-mashq transport vositasini o’quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransportni yoki shahar elektr transportini boshqarishni o’rgatuvchi amaliy mashg’ulotlar instruktori;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro’yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo’yicha tibbiy ma'lumotnoma mavjud bo’lganda);
xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko’k yoki qizil yoxud ko’k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo’yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport haydovchisi va yo’lovchilari.
Mototsikl va mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yo’lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.
Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram