Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA JAHON BANKI MABLAG’LARI HISOBIDAN QURILISH-TA'MIRLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2023-04-17 17:35:05    78

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida Jahon Banki mablag’lari hisobidan qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

Tumanimizda olib borilayotgan keng ko’lamli obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari xalqimiz manfaatini ko’zlab bajarilayotgani bilan ham ahamiyatlidir. Tumanimizning 1-sektori hududidagi Sohibkor mahallasi hududida ayni kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4898-sonli qarori asosida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilyapti.

Mahalladagi 24-sonli va 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktablarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari ham mazkur qaror asosida amalga oshirilmoqda. 24-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida Jahon banki mablag’lari hisobidan ta'lim dargohi isitish tizimi ta'mirdan chiqarilmoqda. Mazkur ishlarga 434 million 500 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan.

27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida mazkur ta'lim dargohining sportzali ta'mirdan chiqarilmoqda. Mazkur ishlarga 489 million 900 ming so’m mablag’ yo’naltirilishi belgilangan.

Mazkur loyihaning ikkinchi bosqichida Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida 1,7 kilometr yo’llar asfaltlashtirilib, tungi yoritgichlar o’rnatiladi va mahalladan o’tgan ariqlarga beton lotoklar o’rnatish rejalashtirilgan. Ayni damda mahalalda loyihaning ikkinchi bosqichini boshlash maqsadida mutaxasssilar tomonidan o’rganish va loyihaning chizmalarini chizish ishlari olib borilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram