ENERGIYA RESURSLARIDAN QARZDOR SHAXSLARDAN 21 MLRD. 400 MLN. SO’M UNDIRILDI
2023-04-15 13:43:55 117
Energiya resurslaridan qarzdor shaxslardan 21 mlrd. 400 mln. so’m undirildi
Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molchilaridan qarzdorlikni undirish bilan bog’liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, byuroning Farg’ona viloyati boshqarmasi va uning tuman-shahar bo’limlari tomonidan joriy yilning fevral oyi va mart oyining o’tgan davrida iste'molchilarga yetkazib berilgan energiya resurslaridan hosil bo’lgan 21,4 mlrd. so’m qarzdorlik amalda undirilib, shundan, elektr energiyasi uchun 18,4 mlrd. so’m, tabiiy gaz ta'minoti uchun 3,0 mlrd. so’m qarzdorliklar undirilishi ta'minlandi.
Jumladan, Farg’ona tumanlararo iqtisodiy sudining 19.12.2022 yildagi ijro hujjati yuzasidan qo’zg’atilgan ijro ishi bo’yicha Byuroning Farg’ona shahar bo’limi davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor “Farg’ona suv ta'minoti” MChJdan undiruvchi Farg’ona ETK AJ foydasiga elektr energiyasi ta'minotidan bo’lgan 623,5 mln. so’m miqdoridagi qarzdorligi to’liq undirilib, ijro ishi yuritish 24.03.2023 yilda amalda tamomlandi.
Shuningdek, amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 3,6 mlrd. so’mlik mol-mulklar xatlanib, shundan, 862,9 mln. so’mligi hozirda savdoga chiqarilishiga erishilgan bo’lsa, qolgan 2,7 mlrd. so’mlik mol-mulklarni baholash va realizatsiya qilish choralari ko’rilmoqda.
Majburiy ijro byurosi So’x tuman bulimi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram