OGOH BO’LING!
2023-04-15 13:37:00 118
Ogoh bo’ling!
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 13 aprel kunidagi 6/2/33-581-sonli talabnomasi hamda O’bekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2023 yil 13 aprel kunidagi 380-01/135-sonli ma'lumotiga ko’ra, joriy yilning 15-17 aprel kunlari O’zbekiston hududiga sovuq va nam xavo massalari kirib keladi.
15 aprelda respublika hududida, 16 aprelda Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin.
15-17 aprel kunlari respublika hududi bo’yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tuzon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Farg’ona viloyatida 25-28 m/s (90-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin.
17 aprelga havo harorati kechasi 2-7°S daraja iliqgacha, kunduzi 10-15°S daraja iliqgacha pasayadi.
15-17 aprel kunlari respublikaning tog’oldi va tog’li hududlarida yog’ingarchilik (yomg’ir yog’adi, baland tog’larda qorga aylanadi) bo’ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar! Sizlarni ushbu kunlarda favqulodda vaziyatlarni oldini olishda va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarda hushyorlik va ogohlikka chaqiramiz. Ogoh bo’ling!
So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram